18:28 / 07.03.2020
2 937

AQSH «Tolibon» tinchlik bitimi shartlariga rioya qilish niyatida emasligidan xabar topdi

AQSH «Tolibon» tinchlik bitimi shartlariga rioya qilish niyatida emasligidan xabar topdi
Foto: AP Photo
Amerika razvedkasi Oq uyga bir hafta oldin AQSH bilan tinchlik bitimini imzolagan «Tolibon» harakati kelishuv shartlariga rioya qilish niyatida emasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi «RBK»ga tayanib Daryo nashri.

NBC telekanalining ma’lum qilishicha, Amerika razvedkasining Pokistondagi manbalari «Tolibon» amerikaliklar Afg‘onistondan chiqib ketguniga qadar kelishuv shartlariga rioya qilishini, shundan so‘ng hukumat qo‘shinlarining pozitsiyasiga hujum uyushtirishini bildirgan.

«Biz afg‘on hukumatiga va boshqa partiyalarga shuni e’lon qilamizki, AQSH bizni tan olgan ekan, ular mamlakatni bizning qo‘limizga berishi kerak», — deydi «Tolibon» vakillaridan biri.

«Tolibon» bilan kelishuvni o‘z saylovoldi dasturidagi va’daning amalga oshirilishi deya baholagan AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgach, amaldagi hukumatni ag‘darishga urinish bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

O‘z navbatida «Tolibon» bilan tinchlik shartnomasini tayyorlashga aloqador, ammo hozirda administratsiyada ishlamayotgan NBC suhbatdoshining aytishicha, Vashingtondagilar vaziyatning nimaga olib kelishini yaxshi biladi. Ular Amerika qo‘shinlari Vetnamdan chiqib ketgach, u yerda sodir bo‘lgan vaziyatni yaxshi eslaydi. «Ushbu mavzu haqida hech kim ochiq gapirmagan», deydi NBC suhbatdoshi.

Eslatib o‘tamiz, 29 fevral, shanba, kuni Qatar poytaxti Dohada AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod hamda «Tolibon» yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar kelishuv bitimini imzolagan edi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan. «Tolibon» O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH «Tolibon» tinchlik bitimi shartlariga rioya qilish niyatida emasligidan xabar topdi