10:00 / 15.03.2020
3 063

Qirg‘izistonda maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopiladi

Qirg‘izistonda maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopiladi
Foto: Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev
Qirg‘izistonda 16 martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopiladi. Bunday qaror Qirg‘iziston xavfsizlik kengashining prezident Sooronbay Jeenbekov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan.

Jeenbekov yig‘ilishda barcha davlatlar koronavirus epidemiyasi sababli iqtisodiy yo‘qotishlarga qaramay, aholi salomatligini birinchi o‘ringa qo‘yib, chegaralar va yo‘nalishlarni yopishga borganini ta’kidlab o‘tgan.

Qirg‘iziston ham ushbu yo‘nalishda ishlamoqda. Ochiqchasiga aytish kerak, ushbu vaziyat iqtisodiyotga ta’sir qiladi. Biz davlat budjetini tejash rejimiga o‘tishimiz hamda tahdidlar va chaqiriqlarga tayyor turishimiz lozim”, deb ta’kidlab o‘tgan Qirg‘iziston prezidenti.

Jeenbekov aholi sog‘lig‘i eng ustuvor masala ekanini alohida ta’kidlab o‘tgan. U koronavirus bo‘yicha vaziyat shaxsan uning nazoratida ekani, har soat unga davlat idoralaridan ma’lumotlar kelib tushayotganini qayd qilib o‘tgan.

Jamiyatda turli mish-mishlar, uydirmalar yuribdi. Raqamlashtirish asrida tasdiqlanmagan axborot ijtimoiy tarmoqlar orqali tezda tarqaladi. Mamlakatda koronavirus yo‘qligiga shubha qiluvchilar ham bor. Qo‘shni davlat – Qozog‘istonda bu kasallik qayd qilingani ortida bizda ham xavotirlanish kuchayadi. Bu tabiiy jarayon. Biz ishni kuchaytirib, jamiyatga tezkorlik va ochiq-oydinlik bilan axborot taqdim qilishimiz kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan Jeenbekov.

Qirg‘iziston hukumatining ta’kidlashicha, mamlakatda ayni vaqtda koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopiladi