15:46 / 22.03.2020
6 645

Koronavirus pandemiyasi ko‘plab insonlar hayotini saqlab qoladi

Koronavirus pandemiyasi ko‘plab insonlar hayotini saqlab qoladi
Foto: «Sciencealert.com»
Olimlarning aytishicha, koronavirus pandemiyasi havoning sifati yaxshilanishi hisobiga ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolishi mumkin, deb yozadi «Science Alert»ga tayanib "Xabar" nashri.

Mutaxassislarning fikricha, hatto konservativ hisob-kitoblar ham iflos havo tufayli bevaqt o‘limdan omon qolganlar soni COVID-19 sababli o‘lganlar sonidan oshishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Xitoyda ikki oy davomida atmosferada aniqlangan qattiq zarralar miqdori pasayishi 5 yoshgacha bo‘lgan qariyb 4 ming bolaning va 70 yoshdan oshgan 73 ming keksaning hayotini saqlab qoldi. Bu hozirgi kasallik tufayli o‘lim ko‘rsatkichlaridan ancha ko‘p.

Yo‘ldosh orqali olingan ma’lumotlar Italiya shimoliy qismi uzra iflos havoning kamayganligini ko‘rsatmoqda. Avtomobil, yuk mashinalari va elektrostansiyalar ajratadigan azot dioksidi darajasi ham kamaygan.

Biroq tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, hozircha ularda chiqindilar qisqarishining aholi salomatliligiga ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus pandemiyasi ko‘plab insonlar hayotini saqlab qoladi