06:53 / 25.03.2020
3 164

Ronaldu va Mendesh koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 mln yevro xayriya qildi

Ronaldu va Mendesh koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 mln yevro xayriya qildi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu agenti Jorje Mendesh bilan birga koronavirusga chalinganlarni davolash uchun 3 ta jonlantirish bo‘limiga pul ajratdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi va uning vakili Lissabon hamda Portu shaharlaridagi kasalxonalar uchun 1 million yevro xayriya qilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan kasalxonalarga yangi tibbiy jihozlar olib kelinadi.

Santa-Mariya shifoxonasi boshlig‘i Daniel Ferro ushbu xayriya uchun Ronaldu va uning agentiga minnatdorchilik bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu va Mendesh koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 mln yevro xayriya qildi