2 284
Jorjio Armani pandemiya moda dunyosini qay darajada o‘zgartirishi haqida ochiq xat yozdi
Foto: New York Post
Dizayner Jorjio Armani WWD nashri uchun pandemiyaning moda olamiga ta’siri haqidagi fikrlarni o‘z ichiga olgan ochiq xat yozdi, deb xabar beradi Harper’s Bazaar.
Ushbu xatda kiyim-kechakni keng miqyosda ishlab chiqarish o‘zini oqlamasligi, shuningdek, ishlab chiqarishning mavsum bo‘yicha taqsimlanishi ob-havoga to‘g‘ri kelmasligi aytilgan.
Aslida dizayner bu kabi fikrlarni birinchi marta aytayotgani yo‘q, u ko‘p yillardan buyon matbuot anjumanlarida shu mazmundagi mulohazalarni ta’kidlagan, biroq boshqalar bunga e’tibor bermagan.
Foto: WWD
Koronavirus infeksiyasi sabab vujudga kelgan vaziyatda esa ko‘pchilik moda sanoatida ishlab chiqarishning mavjud tezligini sekinlashtirish kerak, degan xulosaga keldi. Vaqtinchalik yoki o‘tkinchi bo‘lmagan moda dizaynerlar faoliyatiga chinakam qiymatni qaytarishga imkon yaratadi.
Armanining tez urfdan qoladigan narsalar sanoatning luks segmentiga kirib kelganidan keyin moda olamida inqiroz yuzaga kela boshlaganiga, shu bilan birga, bu kabi tovarlar odamlarni yanada ko‘p xaridga undashiga ishonchi komil. Dizaynerning fikricha, haqiqiy luks brendlar hamisha trendda bo‘lib qolishi, ularning asl qiymati tushunilishi uchun esa vaqt kerak.
«Hashamat vaqtinchalik bo‘lishi mumkin emas. Shaxsan men do‘kon peshtaxtasida 3 hafta turganidan keyin olib tashlanadigan, uning o‘rnini esa undan hech qancha farqi bo‘lmagan boshqa bir model egallaydigan kostyum yoki libos taqdim qilishdan ma’no ko‘rmayman», — deb yozadi Armani.
Shuningdek, Jorjio brendlar va ularni xarid qiladigan mijozlarni mantiqsiz pul sarflashlarini bas qilishga chaqirgan.
«Biz ayni vaqtda boshdan kechirayotgan, notinch bo‘lgan vaziyat bugunga qadar nimalar noto‘g‘ri qilingani va ularni o‘zgartirish uchun nimalar qilinishi kerakligi haqida o‘ylash uchun ulkan imkoniyat», — deydi Armani. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi