23:48 / 12.04.2020
3 891

Virus ninzaga o‘xshaydi: organizmda yashiringan holda ko‘payadi

Virus ninzaga o‘xshaydi: organizmda yashiringan holda ko‘payadi
Foto: «Zen.yandex.com»
Gonkonglik olimlar xulosasiga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasi SARS pnevmoniyasi tarqalishiga sabab bo‘lgan virus shtammiga qaraganda uch baravar ko‘p patogen ishlab chiqaradi, ustiga-ustak, yangi koronavirus yaxshiroq «berkinadi», deb yozadi «South China Morning Post» gazetasiga tayanib "Xabar" nashri.

Olimlar koronavirusni yuqtirgan olti nafar bemorning o‘pka to‘qimasi namunalarini tahlil qilishdi. Natijaga ko‘ra, COVID-19 virusi 48 soat ichida SARS virusiga qaraganda 3,2 baravar ko‘p patogen ishlab chiqargan. Shuningdek, yangi koronavirus immun va yallig‘lanuvchi reaksiyalarni sekinroq chaqirgan, bu esa uni aniqlashni qiyinlashtiradi.

«Virus ninzaga o‘xshaydi, u yallig‘lanish reaksiyasi va interferon darajasi past bo‘lgan organizm ichida ko‘payadi», — deydi olimlardan biri.
Nashrning ta’kidlashicha, kasallik belgilarining yo‘qligi yoki birgina yengil alomatlar butun dunyoda koronavirusni to‘xtatib qolishni qiyinlashtiryapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Virus ninzaga o‘xshaydi: organizmda yashiringan holda ko‘payadi