21:15 / 13.04.2020
6 626

Koronavirus kirib bormagan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Koronavirus kirib bormagan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi
Koronavirus kasalligi (COVID-19) qayd etilmagan mamlakatlar nomlari e’lon qilindi.
Koronavirus epidemiyasi 2019 yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahridan boshlangan. Oradan ko‘p o‘tmay virus shiddat bilan boshqa mamlakatlarga ham tarqashni boshladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyaga aylanganini 11 mart kuni rasman tasdiqladi. Hozirga kelib dunyo bo‘yicha 1,8 million kishi shu virusni yuqtirgan, qurbonlar soni 114 mingdan oshdi.

Koronavirus hujumidan deyarli hech bir davlat chetda qolmadi, ammo istisonlar ham yo‘q emas, ayrim mamlakatlarda koronavirus rasman qayd etilmagan.
Bular:
Turkmaniston;
Tojikiston;
KXDR;
Janubiy Sudan;
Lesoto (Janubiy Afrika);
Komor orollari (Sharqiy Afrika);
San-Tome va Prinsipi (Ekvatorial Afrika);
Tinch okeanining turli qismlarida joylashgan mitti mamlakatlar — Kiribati, Marshall orollari, Nauru, Palau, Tonga, Tuvalu, Vanuatu, Solomon orollari;
Mikroneziya (Okeaniya);
Samoa (Polineziya).
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi eng ko‘p AQSHda qayd etilgan — 560 mingdan ortiq, vafot etganlar qariyb 22 ming nafar, tuzalib ketganlar 32 mingdan ziyod.

G‘arbiy Yevropa ham koronavirus eng ko‘p tarqagan mintaqa bo‘lib qolmoqda: Ispaniyada 166 ming, Italiyada 156 ming, Fransiyada 132 ming, Germaniyada 127 ming kishi koronavirus bilan kasallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus kirib bormagan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi