12:50 / 22.04.2020
2 960

Amerikaning Missuri shtati koronavirus sabab Xitoyni sudga berdi

Amerikaning Missuri shtati koronavirus sabab Xitoyni sudga berdi
Foto: USNews
Amerikaning Missuri shtati bosh prokurori Erik Shmitt Xitoy hukumatini koronavirus pandemiyasida ayblab, ularga nisbatan da’vo arizasini kiritdi. Bu haqda shtat bosh prokurori ofisi xabar berdi.

Da’voda javobgar tomon sifatida Xitoy hukumati, mamlakat kommunistik partiyasi va Xitoyning boshqa mansabdor shaxslar hamda davlat muassasalari ko‘rsatilgan. Shmitt ularni pandemiyaning yuzaga kelishi va Missurida jiddiy iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqargan COVID-19 tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirishda ayblamoqda.

«Missurida virusning ta’siri juda bilindi: minglab odamlar kasallikka chalingan, ko‘pchiligi vafot etdi, oilalar yaqinlaridan ajralgan, kichik korxonalar yopildi», — deydi Shmitt.

Bosh prokurorning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy hukumati koronavirus xavfi haqida butun dunyoga yolg‘on ma’lumot bergan va kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha kerakli choralarni ko‘rmagan. Ayblov materiallariga ko‘ra, Xitoy hukumati 23 yanvarga qadar COVID-19 tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun biror chora ko‘rmagan. Masalan, Uxanda 16 yanvar kuni 40 ming kishi ishtirokida tadbir o‘tkazilgan.

Shmittning ta’kidlashicha, xitoylik amaldorlar kasallik tarqalishini yashirib, individual himoya vositalari zaxiralarini yaratib olgan.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Pekinni koronavirusga oid faktlarni yashirgani uchun javobgarlikka tortishga va’da bergan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikaning Missuri shtati koronavirus sabab Xitoyni sudga berdi