22:50 / 24.04.2020
2 038

Britaniya shifoxonalarga dori-darmon yetkazib berishning antiqa usulini o‘ylab topdi

Britaniya shifoxonalarga dori-darmon yetkazib berishning antiqa usulini o‘ylab topdi
Foto: «Psm7.com»
Britaniya hukumati kelgusi hafta shifoxonalarga tibbiy mahsulotlarni dronlar yordamida yetkazib berish bo‘yicha tajribani boshlamoqchi, deya ma’lum qildi mamlakat transport vaziri Grant Shapps.

«Tibbiy mahsulotlarni dronlar yordamida yetkazib berish bo‘yicha tajriba o‘tkazishni tezlashtirishga ruxsat berdim. Tajriba kelgusi hafta boshlanadi, dronlar yukni Uayt orolidagi Muqaddas Meri shifoxonasiga yetkazib berishadi», — dedi Shapps.

Avvalroq hukumat koronavirus pandemiyasi sharoitida dori-darmon, hayotiy muhim mahsulotlarni yetkazib berish kanallarining ishlashini ta’minlash zarurligini aytgandi.
Britaniyada 143 464 kishi koronavirusga chalinib, shundan 19 506 nafari COVID-19 qurboniga aylangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya shifoxonalarga dori-darmon yetkazib berishning antiqa usulini o‘ylab topdi