09:06 / 25.04.2020
2 373

AQSH neft inqirozining asosiy aybdori deb topildi

AQSH neft inqirozining asosiy aybdori deb topildi
Foto: «Kommersant’»
Tahlilchilar AQSHni neft bozorida ro‘y berayotgan inqirozning asosiy aybdori deb atadi. Bunday xulosa Citi ekspertlari tomonidan tayyorlangan hisobotda keltirilgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, avvalboshdan AQSHning nafsoniyati va Amerika tomonidan neft qazib olishning ko‘paytirilishi bozorda taklifning ortishiga va uni qisqartirish orqali xom ashyo narxini sun’iy ravishda ushlab turish zaruratiga olib keldi.

OPЕK+ mamlakatlari tomonidan kelishuv doirasida qisqartirilgan neft qazib olish hajmi bir paytning o‘zida bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan to‘ldirildi.

Natijada, mart oyi boshlarida kartel va mamlakatlar o‘rtasidagi bitim bekor bo‘lganidan keyin ularning ishtirokchilari bozorda o‘z ulushiga egalik qilish vazifasiga duch keldi, bu esa «narxlar urushi»ga olib keldi.

«Shubhasiz, 2010 yillarning boshidan beri AQSHda neft va gaz qazib olishning misli ko‘rilmagan o‘sishi xalqaro xom ashyo bozoridagi eng halokatli omil bo‘ldi», — deyiladi tadqiqotda.

Shu bilan birga, mart oyida OPЕK+ bitimi bekor qilinganidan so‘ng Amerikaning neft ishlab chiqaruvchilari eng ko‘p zarar ko‘rgan tomonlardan biri bo‘ldi. Neft narxi ikki baravarga pasayib, norentabel bo‘lgan AQSH kompaniyalari ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur qildi.

Aprel oyida ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha yangi kelishuvga qaramay, neft narxi manfiy ko‘rsatkich tomon ketdi. 20 aprel kuni neft bozorida WTI markasidagi neftning yaqin oradagi fyuchersining qiymati -315,87 foizga tushib ketdi, ya’ni barrel uchun minus 39,44 AQSH dollariga baholandi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, vaqt o‘tishi bilan xom ashyo narxi oshadi, ammo misli ko‘rilmagan inqiroz yangi sharoitlarda va boshqa qoidalar bilan ishlovchi bozor sharoitlarini vujudga keltiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH neft inqirozining asosiy aybdori deb topildi