Koronavirusdan himoyalanish uchun tibbiy niqoblardsan ko‘ra plastmassadan yasalgan qalqonlar ko‘proq samara beradi. Bu haqda Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi (JAMA) jurnalida chop etilgan Ayova shtati olimlar guruhi tadqiqotlarida aytiladi.
Mavjud ma’lumotlar koronavirusning boshqa respirator kasalliklar uchun xos bo‘lgan usullar bilan tarqalayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, virusni havo-tomchi yo‘li bilan, ya’ni ko‘z, burun va og‘izga yaqin tushgan infeksion zarrachalar orqali yuqtirish mumkin. Olimlar virusning yuqishidan himoya qiladigan ikkita vosita, ya’ni niqob va plastmassa qalqonni solishtirdi.
Tadqiqotlar qalqonning sezilarli darajada samarali tarzda virusni ushlab qolishini ko‘rsatdi. Tavsiya qilingan ikki metrlik masofada yuz qalqonlari 92 foizgacha zarralarni ushlab qolgan.
Kam muddat foydalanish mumkin bo‘lgan niqoblardan farqli ravishda plastmassa qalqonlarni takror ishlatish mumkin, uni suv bilan sovunlab yuvish ham mumkin.
Tadqiqotda ishtirok etgan mutaxassislarning fikricha, qalqonlarni taqish qulay, ular orqali odamlar bilan muloqot qilish oson hamda ular tasodifan yuzga teginishga imkon bermaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi