20:33 / 26.05.2020
4 825

Germaniya Prezidenti mamlakat musulmonlariga murojaat qildi

Germaniya Prezidenti mamlakat musulmonlariga murojaat qildi
Germaniya Prezidenti Ramazon hayiti munosabati bilan tabriklab, mamlakat musulmonlarini davlat islomofobiyaning kuchayishiga va o‘ng radikallarning millatchilik qarashlariga toqat qilmasligini aytib o‘tdi.

Ramazonning tugashi munosabati bilan qilgan nutqida Frank-Valter Shtaynmayer bu yil musulmonlarning Xanau shahrida irqchilarning terrorchilik hujumiga uchraganini esladi.

"Bu bizning tinch-totuv yashashimiz, ushbu mamlakatda bizning barcha qadriyatlarimiz – inson qadr-qimmatini hurmat qilish, bag‘rikenglik va xilma-xillik, din erkinligiga xuruj edi", dedi Shtaynmayer.

Sizni ishontirib aytamanki, men federal prezident sifatida jamiyatimiz irqchilik nafratining barcha ko‘rinishlariga qarshi turishini ta’minlashga sodiqman. Nafrat va kamsitilish, musulmonlarga tajovuzkor hujumlar, masjidlarga qilingan hujumlar – biz bularga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak", dedi GFR prezidenti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya Prezidenti mamlakat musulmonlariga murojaat qildi