17:39 / 28.05.2020
2 834

Rossiyaliklarning to‘rtdan bir qismi koronavirusni undan manfaatdor shaxslarning uydirmasi deb hisoblamoqda

Rossiyaliklarning to‘rtdan bir qismi koronavirusni undan manfaatdor shaxslarning uydirmasi deb hisoblamoqda
Rossiyaliklarning uchdan bir qismi (32,9 foizi) koronavirus pandemiyasini uydirma yoki insoniyatga zararsiz deb hisoblamoqda. «RBK»ning [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9kYXJ5by51ei9rLzIwMjAvMDUvMjgvcm9zc2l5YWxpa2xhcm5pbmctdG9ydGRhbi1iaXItcWlzbWkta29yb25hdmlydXNuaS11bmRhbi1tYW5mYXRkb3Itc2hheHNsYXJuaW5nLXV5ZGlybWFzaS1kZWItaGlzb2JsYW1vcWRhLw%3D%3D]yozishicha[/leech], bu haqda Iqtisodiyot oliy maktabining Ekspert va tahlil ishlari bo‘yicha direksiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan ma’lum bo‘lgan.

Onlayn-so‘rovnoma bir vaqtning o‘zida bir necha saytlarda 18 martdan boshlab 26 maygacha 5 ta bosqichda o‘tkazilgan. Unda Rossiyaning turli burchaklarida yashovchi 20 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 30 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etgan.

So‘rovnomaga ko‘ra, unda ishtirok etganlarning 23,2 foizi COVID-19 pandemiyasini undan manfaatdor shaxslarning uydirmasi, degan fikrda. Ishtikorchilarning yana 9,6 foizi virusning xavflilik darajasi bo‘rttirilgan, deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, epidemiyaga ishonmaydiganlarning 43 foizi qarindoshlarini yo‘qlashda davom etmoqda, yana 54 foizi sayrga chiqishda davom etayotganini bildirgan. So‘rovnomada qatnashganlarning 74,22 foizi o‘zini izolyatsiya qilish rejimini joriy etishga zarurat yo‘q edi, degan fikrda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 380 ming kishiga yaqinlashgan. Kasallik oqibatida 4 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaliklarning to‘rtdan bir qismi koronavirusni undan manfaatdor shaxslarning uydirmasi deb hisoblamoqda