21:22 / 01.06.2020
2 415

94 yoshli Yelizaveta II poni otida sayr qilib, uzoq vaqtdan beri ilk marta ko‘rinish berdi

94 yoshli Yelizaveta II poni otida sayr qilib, uzoq vaqtdan beri ilk marta ko‘rinish berdi
Britaniyada karantin yumshatilayotgani munosabati bilan qirolicha Yelizaveta II bahorning so‘nggi kunida Vindzor qasri hovlisidagi parkda poni otiga minib sayr qildi, deb yozadi Reuters.

Ponining laqabi Fern, uning yoshi 14 da. Qirolicha ot minishga qiziqishi bilan mashhur.

94 yoshli qirolicha 98 yoshli turmush o‘rtog‘i Filipp bilan Vindzor qasrida karantinni o‘tkazmoqda. Pandemiya vaqtida qirolicha o‘z qasridan turib, bir necha marta aholiga murojaat yo‘lladi.

Yelizaveta II so‘nggi marta mart oyining oxirida Bukingem qasridan chiqayotganida ommaga ko‘rinish bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 94 yoshli Yelizaveta II poni otida sayr qilib, uzoq vaqtdan beri ilk marta ko‘rinish berdi