Foto: REUTERS
Apple kompaniyasi AQSHdagi tartibsizliklar vaqtida kompaniya do‘konlaridan o‘g‘irlangan iPhone’larni bloklamoqda. Ta’kidlanishicha, bunday iPhone’lar ishlamaydi.
Undan foydalanmoqchi bo‘lgan kishi ekranda qurilmani o‘g‘irlangan do‘konga qaytarishga chaqiruvchi xabarni va “qurilma o‘chirilgani va kuzatilayotgani, mahalliy hokimiyat bu haqida ogohlantirilishi” haqidagi axborotnigina ko‘radi.
Apple tartibsizliklardan biroz oldin koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan karantindan keyin o‘z do‘konlarini ocha boshlagandi va ulardan ba’zilarini tatibsizliklar vaqtida ziyon yetishi xavotirida yopgandi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, Vashington, Los-Anjeles, San-Fransisko va boshqa shaharlardagi do‘konlarga ziyon yetgan, ularning ba’zilaridan gadjetlar o‘g‘irlab ketilgan.
O‘g‘irlangan smartfonlarning bloklanishi va ortidan kuzatilishi Apple uchun odatiy jarayon hisoblanadi. Buning uchun do‘konlarda sotiluvchi ayfonlarga ular o‘g‘irlanganda faollashuvchi maxsus dastur o‘rnatiladi.
AQSHda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan ushlanishi vaqtida o‘lgandan keyin irqchilikka qarshi norozilik namoyishlari boshlanib, ular keyinroq tartibsizliklar va marodyorliklarga aylanib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi