Foto: Waldo Swiegers/Bloomberg
BMW kompaniyasi xarajatlarni qisqartirish maqsadida 5 mingga yaqin ishchisini bo‘shatishni rejalashtirmoqda deb yozadi Kun.uz nashri.
Kompaniya shu yo‘l bilan o‘zining iqtisodiy holatiga jiddiy ziyon yetkazgan pandemiya oqibatlarini yengib o‘tishga harakat qilmoqda. Pandemiya sababli turli davlatlarda kiritilgan cheklovlar sababli kompaniya avtomobillariga talab pasayib ketdi. Ba’zi davlatlarda esa BMW mashinalariga talab nol qiymatgacha tushib ketgan.
2020 yilning 1-choragida kompaniya mashinalari savdosi jahon bozorida 6,4 foizga tushib ketgan. Kompaniya mutaxassislarining fikricha, bozor sust tiklanadi. Shu sababli, daromad olish muammo bo‘lib qoladi.
Kompaniya o‘z xarajatlarini qisqartirish uchun keskin choralarga, jumladan o‘z korxonalarida ishlovchi xodimlari sonini qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Bunda ishdan bo‘shatiladigan xodimlarga kompensatsiya to‘lash yoki muddatdan oldin pensiyaga chiqish kabi variantlar taklif etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi