09:00 / 07.07.2020
3 676

Koronavirusga qarshi vaksinani shifokorlar o‘z tanasida sinab ko‘radigan bo‘lishadi

Koronavirusga qarshi vaksinani shifokorlar o‘z tanasida sinab ko‘radigan bo‘lishadi
Foto: «RIA Novosti»
20 iyul kuni Braziliya koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasini sinab ko‘rishni boshlaydi, deya xabar berdi San-Paulu shtati ma’muriyati.
«Sog‘liqni saqlashni nazorat qilish milliy agentligi koronavirusga qarshi vaksinalar xavfsizligi va samaradorligini tekshirish uchun klinik tajribalarning uchinchi bosqichini boshlashga ruxsat berdi», — deyiladi xabarda.

Gap Pekin biofarmatsevtika kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalar haqida bormoqda.
Tadqiqot uchun oltita shtatda koronavirusni yuqtirganlar bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlari orasidan 9 mingta ko‘ngilli saralab olinadi.
Ayni vaqtda Braziliya Britaniyaning Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani sinovdan o‘tkazyapti.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 11,3 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan bo‘lsa, ulardan 532 ming nafari hayotdan ko‘z yumdi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi vaksinani shifokorlar o‘z tanasida sinab ko‘radigan bo‘lishadi