Foto: «RIA Novosti»
Turkiyda mehmonxonalarida dam olish narxi koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan cheklovlarga qaramay o‘tgan yilgi narxlarda qoladi. Bu haqda Turkiya Mehmonxona egalari federatsiyasi rahbari Surur Chorabotirga tayanib, «RBK» xabar berdi.
«Hozirgi narxlar turoperatorlar bilan 2019 yilda imzolangan shartnomalarda qayd etilgan va ular hamon amalda. Koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha joriy etilgan choralar sabab mehmonxonalar xarajati oshgan bo‘lsa-da, narxlar oshirilmaydi», — deydi Chorabotir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim mehmonxonalar mijozlarni o‘ziga jalb etish uchun hatto narxlarni tushirmoqda.
Avvalroq Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja mamlakatning markaziy va sharqiy mintaqalarida koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payishi sababli keskin choralar joriy etilishi mumkinligini e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya 10 iyundan boshlab 40 ta mamlakat bilan aviaqatnovlarni qayta tiklagani, ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston ham borligi to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi