09:05 / 04.09.2020
2 749

Dunyoning eng serdaromad mashhur kishilari reytingi e’lon qilindi

Dunyoning eng serdaromad mashhur kishilari reytingi e’lon qilindi
Rojer Federer / Foto: AFP
Forbes nashri dunyoning eng serdaromad mashhur kishilarining yangi reytingini e’lon qildi.
Reytingdan qo‘shiqchilar, sportchilar, aktyorlar va boshqa mashhur kishilar joy olgan. 1-o‘rinni model va tadbirkor Kayli Jenner egallagan. Kylie Cosmetics kompaniyasi asoschisi o‘ziga tegishli aksiyalarning 51 foizini sotish orqasidan 590 mln dollar ishlab topgan.

2-o‘rinni Kayli Jennerning opasi Kim Kardashyanning turmush o‘rtog‘i, reper Kane Uest egallagan. Uning bir yillik daromadi 170 mln dollarni tashkil qilgan. Reper bu daromadning katta qismini o‘zining Yeezy brendi ostida chiqqan krossovkalarining muvaffaqiyatli sotilishidan olgan.

Yetakchi uchlikka tennischi Rojer Federer ham kirgan. Sportchining bir yillik daromadi reklama shartnomlari evaziga 106,3 mln dollarni tashkil qilgan.

Yetakchi o‘nlikdan, shuningdek, futbolchilar Krishtianu Ronaldu (105 mln dollar) va Lionel Messi (104 mln dollar), aktyor Tayler Perri (97 mln dollar), futbolchi Neymar (95,5 mln dollar), amerikalik tele- va radioboshlovchi Govard Stern (90 mln dollar), basketbolchi Lebron Jeyms (88,2 mln dollar) va aktyor Dueyn Jonson (87,5 mln dollar) o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng serdaromad mashhur kishilari reytingi e’lon qilindi