Foto: Reuters
Britaniyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berayotgani ortida hukumat karantin qoidasiga amal qilmaydiganlarga nisbatan yangi jarimalar kiritdi.
Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkokning ta’kidlashicha, 28 sentabrdan karantinga amal qilmaydiganlarga nisbatan ming funt sterlingdan 10 ming funt sterlinggacha (13 ming dollar) jarima solinadi.
Qat’iy choralar avvalambor koronavirusga chalinganlar, ular bilan aloqada bo‘lganlar hamda karantin choralariga amal qilmaydigan ish beruvchilarga taalluqli bo‘ladi.
Vazir vaziyat og‘irlashsa, mamlakatda milliy lokdaun ham kiritilishi mumkinligini aytgan va qoidabuzarlar haqida politsiyaga ma’lum qilishga chaqiran.
“Agar qoidalarga rioya qilsak, milliy darajada karantin kiritilishidan qochishimiz mumkin”, deb aytgan Xenkok.
Jarima miqdori past daromadli fuqarolar uchun 500 funt sterlingni, qolganlar uchun ming funt sterlingni tashkil qiladi. Takroriy qoidabuzarlik uchun 10 ming funt sterling jarima to‘lashga to‘ri keladi.
“Biz bu virusning tarqalishini nazorat qilish, eng ta’sirchan odamlarning kasallanishi oldini olish uchun barcha imkoni bor ishni qilishimiz kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan Britaniya bosh vaziri Boris Jonson.
Shu bilan birga, hukumat karantin tufayli ishlay olmaydiganlarga 500 funt sterlingdan to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.
Britaniya rasmiy idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya va Uelsda pandemiya boshlangandan beri karantinni buzganlik uchun 19 mingdan ko‘proq jarima yozib berilgan, biroq uning yarmidan kamrog‘i to‘langan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?