16:53 / 02.10.2020
2 519

«Baxtli pensionerlar» yashovchi davlatlar reytingi aniqlandi

«Baxtli pensionerlar» yashovchi davlatlar reytingi aniqlandi
Foto:«Criptomonedaseico»
Fransiyadagi eng yirik banklardan biri Natixis pensionerlar eng yaxshi sharoitlarda yashovchi davlatlar reytingi bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Bu haqida Bloomberg xabar bermoqda.

Ro‘yxat boshidan Islandiya joy olgan. Kuchli uchlikka Shveysariya va Norvegiya yakun yasagan bo‘lsa, AQSH 18-o‘rinni egallagan.
Quyi o‘rinlarni Litva, Latviya va Gretsiya egalladi - ular mos ravishda 35, 36 va 41-pog‘onada joylashgan. Rossiya 44-bo‘lib, reytingga yakun yasagan.

Ta’kidlanishicha, reyting fuqarolarning moliyaviy xavfsizligi va farovonligi darajasidan kelib chiqqan holda tasniflangan. Mamlakatda foiz stavkalari, ishlab chiqarish va daromadlar tengligi darajasi, shuningdek davlat qarzining hajmi va iqlim o‘zgarishi indeksi ham hisobga olingan.

Mutaxassislar 2020 yilda dunyo bo‘ylab pensionerlarning moliyaviy barqarorlik imkoniyatlari pasaydi degan xulosaga kelishmoqda. Bu koronavirus inqirozi bilan bog‘liq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Baxtli pensionerlar» yashovchi davlatlar reytingi aniqlandi