Joriy yilning 4 oktabridan boshlab Makkadagi Al-Harom masjidi qariyb olti oydan ortiq vaqtdan so‘ng birinchi ziyoratchilarga o‘z eshigini ochdi.
Saudiya Arabistonida bir necha oydan beri koronavirus tufayli amalda bo‘lgan cheklovlarni yengillashtirilib, mahalliy aholiga Umra ziyorati uchun ruxsat berildi, deb yozadi Arabnews.
Hozirda masjidga bir kunda faqatgina mahalliy aholi va mamlakat fuqarolaridan iborat 6000ga yaqin ziyoratchi kirishiga ruxsat berilgan. Xorijdan tashrif buyuruvchi fuqarolarga esa 1 noyabrdan boshlab Umra ziyorati uchun chegaralar ochilishi kutilmoqda.
Masjid rahbariyati dastlabki ziyoratchilarni qabul qilish uchun uzoq va puxta tayyorgarlik ko‘rib, koronavirus tarqalishi oldini olish bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar ko‘rgan. Masjidda har bir guruh ziyorati oralig‘ida kuniga 10 marta tozalash ishlari amalga oshiriladi. Odam gavjum bo‘lishi mumkin yerlar, jumladan, favvoralar, gilamlar, yuvinish xonalari, eskalatorlarga tozalovchi hamda antiseptik vositalar o‘rnatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi