10:08 / 06.10.2020
2 993

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isakov ham ozodlikka chiqarildi

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isakov ham ozodlikka chiqarildi
Qirg‘izistonda namoyishchilar talabi bilan korrupsiya uchun sudlangan sobiq bosh vazir Sapar Isakov koloniyadan ozodlikka chiqarildi. Isakov Qirg‘iziston hukumatiga Almazbek Atambayev prezident bo‘lgan vaqtda 2017 yildan 2018 yilgacha rahbarlik qilgan.

Shuningdek, namoyishchilar talabi bilan sobiq deputatlar Ravshan Jeenbekov va Sadir Japarov ham ozod etilgan.

Ayni vaqtda Bishkekda parlament saylovlarida yutqazgan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishlar 5 oktabrda boshlanib, kechga yaqin namoyishchilar soni 6 mingga yetgan.

Avvalroq Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev namoyishchilar talabi bilan Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan ozod etilgandi. Namoyishchilar va milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbariyati o‘rtasida olib borilgan muzokaralardan keyin Atambayev ozodlikka chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isakov ham ozodlikka chiqarildi