Demokratik qarshilik harakati 2014 yildagi harbiy davlat to‘ntarishidan so‘ng rahbarlikni qo‘liga olgan Prayut Chan-Ocha boshchiligidagi hukumatning iste’fosini talab qilmoqda.
Tailandda hukumatning yig‘ilishlar o‘tkazishga qo‘ygan taqiqiga qaramasdan minglab namoyishchilar ko‘chalarga chiqishdi. AFP agentligining xabar berishicha, hukumat tomonidan qarshilik bo‘lishining oldini olish maqsadida aksiya o‘tkaziladigan joy u boshlanishiga bir soat qolganida ma’lum qilindi.
Dpa agentligining ma’lumotiga ko‘ra, Bangkok ko‘chalariga 23 mingdan ortiq kishi chiqqan. Politsiya 16 oktabr kuni namoyishchilarga qarshi suv purkaydigan texnika va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangani uchun aksariyat namoyishchilar kaska va protivogazlarda chiqishdi.
Demokratik qarshilik harakati 2014 yildagi harbiy davlat to‘ntarishidan so‘ng rahbarlikni qo‘liga olgan Prayut Chan-Ocha boshchiligidagi hukumatning iste’fosini talab qilmoqda. Namoyishchilar shuningdek, demokratik harakat faollarining hibsga olinganiga norozilik bildirmoqda.
Tailand bir necha o‘n yillardan beri siyosiy barqarorlik nima ekanini bilmay kelmoqda. Bir tarafda konservativ hukumat va qirol oilasi, ikkinchi tarafda esa demokratiya tarafdorlari bir-birlari bilan kurash olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi