22:22 / 06.11.2020
2 141

Buyuk Britaniyada koronavirusdan davolashda aspirin sinab ko‘rilmoqda

Buyuk Britaniyada koronavirusdan davolashda aspirin sinab ko‘rilmoqda
Buyuk Britaniyada COVID-19 infeksiyasidan samarali davolashda qonni suyultiradigan vosita sifatida aspirin sinab ko‘rilmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Aspirin foydali ekanligiga asosli taxminlar bor, u bezarar, arzon va sotuvda keng tarqalgan”, – deya tadqiqot rahbarlaridan biri Piter Xorbidan iqtibos keltirmoqda The Guardian.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus bemorlarida trombotsitlarning o‘ta faolligi sababli qonda tiqilmalar paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi. Aspirin antitrombotsitar vosita hisoblanadi, u bemorlarda tiqilmalar paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Tadqiqot davomida 2 mingga yaqin bemor odatiy davolanish sxemasiga qo‘shimcha ravishda kuniga 150 mg aspirin oladi. So‘ngra ularning salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar standart tibbiy yordam olayotgan bemorlar ma’lumotlari bilan solishtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada koronavirusdan davolashda aspirin sinab ko‘rilmoqda