Podshoh Abdulloh nomidagi fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D-modelini ishlab chiqishdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu model koronavirusning atom darajasidagi tuzilishini namoyish qiladi va avval unda ilg‘ab bo‘lmagan detallarni o‘z ichiga olgan. Modelni yaratish uchun virusning mikroskop yordamida olingan suratlari va oqsillar ma’lumotlar bazasidan foydalanilgan.
“Biz yaratgan model shunchaki lipid membranada ixtiyoriy ravishda joylashtirilgan oqsil tojlarni emas, balki virusning to‘liq tuzilishini namoyish qiladi”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Ngan Nguyen.
Mutaxassislar virus sirtidagi oqsil tojlari va retseptorlarni, uning ichidagi genetik materialni aks ettirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Olimlar yaratilgan model koronavirus infeksiyasini batafsilroq o‘rganishga va unga qarshi dori vositalari ishlab chiqilishini tezlashtirishga imkon berishiga umid bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?