21:45 / 03.12.2020
4 424

Xitoy Oyning bir qismini oldi (video)

Xitoy Oyning bir qismini oldi (video)
Foto: «Xinhuanet.com»
«Xitoyning Chang'e 5 zondi Oydan namuna olish ishini tugatdi, namunalar kosmik kemaning ichiga joylangan», — deyiladi XINHUANET agentligi xabarida.

Chang'e 5 uchuvchi apparat bortida jami ikki kilocha vulqonga xos moddalar mavjud. Regolitni sayyoraga yetkazib berish dekabrning uchinchi haftasiga rejalashtirilgan. Oxirgi marta 1970 yilda Sobiq Ittifoq va AQSh Oydan tuproq olib kelishga muvaffaq bo‘lgan.

1 dekabr kuni Chang'e 5 Oyga yumshoq qo‘nishni amalga oshirgani to‘g‘risida xabar bergandik.
Chang'e 5 missiyasi 24 noyabr kuni Venchan kosmodromidan Long March 5 og‘ir raketasi yordamida uchirildi.

O‘shandayoq AQSh Xitoy qazib olingan regolit bilan xalqaro hamkorlari bilan bo‘lishishiga umid qilgandi.

2019 yil 3 yanvar kuni Xitoyning 140 kiloli Chang'e 4 zondi dunyoda birinchi bo‘lib Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshi Oyning qarama-qarshi (Janubiy qutbda — Eytken havzasida) tomoniga yumshoq qo‘nishni amalga oshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Oyning bir qismini oldi (video)