15:10 / 20.12.2020
2 960

OAV: «Tramp hokimiyatni egallab olishga tayyorlanmoqda»

OAV: «Tramp hokimiyatni egallab olishga tayyorlanmoqda»
AQSH prezidenti Donald Tramp saylov natijalarini bekor qilishga va mamlakatda hokimiyatni egallab olishga tayyorlanayotgani haqida gumon qilinmoqda. Bu haqida Axios nashri noma’lum yuqori martabali manbalarga asoslanib yozdi.

Tramp ma’muriyati ta’kidlashicha, Amerika rahbari shubhali tarzda o‘zining sobiq milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Maykl Flinn va advokat Sidni Pauell bilan ko‘p vaqt o‘tkazgan. Rasmiylar Tramp saylov natijalarini o‘zgartirib, hokimiyatni egallab olishidan qo‘rqishmoqda.

Bu holatda Tramp Flinn va Sidni Pauell g‘oya va imkoniyatlaridan foydalanishag urinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda rasman Jo Bayden g‘alaba qozondi. 14 dekabr kuni saylovchilar hay’ati ham uni saylangan prezident deya e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: «Tramp hokimiyatni egallab olishga tayyorlanmoqda»