20:00 / 20.12.2020
9 370

Tojikiston o‘z yerlarini Xitoyga bermoqda

Tojikiston o‘z yerlarini Xitoyga bermoqda
2011 yil yanvar oyida Tojikiston parlamenti XXR bilan Tog‘li Badaxshon hududini Xitoyga o‘tkazish to‘g‘risidagi davlatlararo bitimni ratifikatsiya qildi. Pomir yerining 1,1 ming kvadrat kilometri uchun Xitoy Tojikistonning tashqi qarzining muhim qismini kechgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, parlament tomonidan 100 foiz ma’qullanganiga qaramay, bu fakt keng jamoatchilikdan yashirilgan edi. Tojikiston fuqarolari o‘z yerlarining Xitoyga berilishi to‘g‘risida faqat oktabr oyida Xitoy gazetalaridan bilib olishdi.

Oliy Majlis (mahalliy parlament) deputatlaridan biri hokimiyat qarorini quyidagicha izohlagan: "...Men butun Xitoy Pomir ularning hududi sifatida ko‘rsatilgan Xitoy imperatorlarining ipak kartalarini shaxsan ko‘rdim".

90-yillarning boshidan boshlab XXR Sovet Ittifoqining sobiq chegaralarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini e’lon qilib, Markaziy Osiyo respublikalariga muntazam ravishda bosim o‘tkazmoqda. Badaxshonning ayrim tumanlarini o‘zlashtirishga birinchi urinishlar 1992-93 yillarda amalga oshirilgan. Biroq Tojikistonda fuqarolar urushi va tog‘larda hokimiyatning tez-tez o‘zgarib turishi Xitoyni oldinga siljishini keyinga qoldirishga majbur qilgan edi.

Emomali Rahmon hokimiyatining o‘rnatilishi bilan ikki tomonlama muzokaralar qayta boshlandi. 1999 yili Tojikiston Markansu daryosi yaqinidagi 200 km2 maydonni XXRga o‘tkazdi. Yangi o‘zlashtirilgan yer Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatining bir qismiga aylangan.

Uch yil o‘tgach, E.Rahmon sharqiy qo‘shnisiga yana 1000 km2 maydon berish taklifi bilan Xitoyga bordi. Bu safar Tojikiston Qorasuv nazorati punkti o‘rnatilgan Murg‘ob viloyatining bir qismini yo‘qotdi. XXRning Tojikiston Respublikasiga nisbatan umumiy hududiy da’volari 28 000 km2 dan ortiqni tashkil qiladi.

Pomirning borish qiyin bo‘lgan joylarida Xitoyni nima o‘ziga jalb qiladi? Javob oddiy: mineral resurslar. Sovet Ittifoqi davrida bu yerda uran, oltin va noyob minerallarning yirik konlari topilgan. Mahalliy baland tog‘li ko‘llarda zamonaviy sanoat uchun zarur bo‘lgan yuqori konsentratsiyali tuzlar mavjud.

Xitoy nafaqat qo‘shni davlatlarning resurslari uchun kurashmoqda. Shuningdek, u ta’lim sohasidagi yordamini faol ravishda targ‘ib qiladi. Har yili davlat dasturlari asosida 1000 ga qadar tojikistonlik o‘g‘il-qizlar XXR universitetlariga qabul qilinadi.

Bo‘lajak bitiruvchilar qaysi mamlakat manfaatlarini himoya qiladi?

Savol ochiqligicha qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston o‘z yerlarini Xitoyga bermoqda