17:52 / 03.01.2021
1 800

Qozog‘iston o‘lim jazosidan rasman voz kechdi

Qozog‘iston o‘lim jazosidan rasman voz kechdi
Foto: DW
Qozog‘iston o‘lim jazosini rasman bekor qildi. Mamlakat prezidenti bu boradagi tegishli qonunni imzoladi, deb xabar beradi Tengrinews.
«Davlat rahbari ‘Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Ikkinchi fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida’gi Qozog‘iston qonunini imzoladi. Qonun matni matbuotda e’lon qilinmoqda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, 2003 yili Qozog‘istonda o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilgan, o‘shandan buyon mamlakatda birorta o‘lim jazosi amalga oshirilmagan.

«Qozog‘iston o‘lim jazosidan voz kechishga qaratilgan xalqaro pantga qo‘shildi. Og‘ir jazodan voz kechish, shubhasiz, huquqiy jamiyat, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan davlat qurish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi», — deya ta’kidlaydi Senat raisi Maulen Ashimbayev.

Xalqaro protokolga ko‘ra, Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilgach, undan faqat harbiy holat davrida foydalanish huquqini saqlab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ushbu qaror haqida 2020 yilning sentabr oyida o‘tkazilgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishida ma’lum qilib, mamlakat insonning hayotga bo‘lgan huquqini ta’minlashni maqsad qilib qo‘yganini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘lim jazosi 2008 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston o‘lim jazosidan rasman voz kechdi