10:26 / 23.03.2021
1 886

Litva, Latviya va Estoniya piyoda yuriladigan yo‘lak bilan bog‘lanadi (video)

Litva, Latviya va Estoniya piyoda yuriladigan yo‘lak bilan bog‘lanadi (video)
Foto: Pixabay
Boltiqbo‘yining uchta respublikasini 2141 kilometrlik piyodalar yo‘lakchasi bog‘laydi. Bu haqda Travel and Leisure nashriga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

Bu yo‘lak Niderlandiya, Germaniya va Polsha qirg‘oqlari bo‘ylab o‘tuvchi Yevropa treking yo‘nalishining bir qismi bo‘lishi kutilmoqda.

O‘rmon yo‘lagi (The Forest Trail) — E11 Yevropa yo‘nalishining bir qismi, uni bosib o‘tish uchun 114 kun kerak bo‘ladi. 2141 kilometrning 747 kilometri Litvada, 674 kilometri Latviyada va 720 kilometri Estoniyada joylashgan.

Sayohatni rejalashtirish bo‘yicha barcha tafsilotlar — tavsiflari, xaritalari va yo‘llar Boltiq o‘rmonining saytida mavjud. Bu yerda ular yo‘nalishning boshi va oxiri qayerdaligi, yurish qancha vaqt olishi, yo‘lga qanday turdagi qoplama yotqizilgani va yo‘lda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ham ma’lumot berilgan.

Yo‘nalishning o‘zi 20 kilometr uzunlikdagi bosqichlarga bo‘linadi. Shuningdek, dangasalar uchun har biri bir kunlik yurishga to‘g‘ri keladigan 50 segmentli bo‘linmalar mavjud.

Hukumat yo‘l bo‘ylab belgilar o‘rnatishni, shuningdek, yashash joyi va yaqin atrofdagi diqqatga sazovor joylarni xaritada aks ettirishni rejalashtirmoqda.

Yo‘lakning asosiy diqqatga sazovor joylari orasida Litvadagi Dzukiya va Jemaytiya milliy bog‘lari, Latviyadagi Kemeri va Gauya milliy bog‘lari, Estoniyadagi Laxemaa va Alutaguze bog‘lari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Litva, Latviya va Estoniya piyoda yuriladigan yo‘lak bilan bog‘lanadi (video)