09:30 / 24.03.2021
801

«Chegarasiz muxbirlar» Facebook’ni sudga berdi

«Chegarasiz muxbirlar» Facebook’ni sudga berdi
Foto: RIA Novosti
«Chegarasiz muxbirlar» xalqaro nodavlat tashkiloti Facebook ustidan ijtimoiy tarmoqni «chalg‘ituvchi tijorat amaliyoti»dan foydalanishda ayblab sudga shikoyat kiritdi. Bu haqda «Kommersant’» xabar berdi.

Tashkilot vakillarining arizada ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoq o‘z foydalanuvchilariga «xavfsiz, ishonchli va xatolardan holi» onlayn muhit va’da qilgan, lekin buning o‘rniga Facebook’da ksenofobik va soxta postlar keng tarqalmoqda.

Facebook’ning Fransiya va Irlandiya filiallari sud da’vosida ayblanuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Tashkilot Fransiya sudining Facebook masalasidagi qarori «global ta’sirga» ega bo‘lishini kutmoqda, chunki ijtimoiy tarmoq butun dunyo bo‘ylab yagona xizmat ko‘rsatish shartlariga ega.

Fransiya qonunlariga ko‘ra, chalg‘ituvchi tijorat amaliyotlarini qo‘llash ushbu mamlakatdagi kompaniya yillik savdo hajmining 10 foizgacha jarima bilan jazolanadi.

Shuningdek, 22 mart kuni Facebook noto‘g‘ri axborot tarqatilishiga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilindi. Kompaniyaning har kuni bir necha million soxta akkauntlarni o‘chirib tashlayotganini ma’lum qildi. 2020 yil oktabr oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan davrda 1,3 milliarddan ortiq shunday akkaunt o‘chirildi, so‘nggi uch yil ichida esa 100 dan ortiq tarmoqlar «muvofiqlashtirilgan noto‘g‘ri xatti-harakatlar» uchun deaktivatsiya qilindi.

Facebook rasmiylarining ta’kidlashicha, kompaniya doimiy ravishda noto‘g‘ri, soxta ma’lumotlar va akkauntlarni kuzatib boruvchi ishchilar sonini ko‘paytirib boradi, ayni paytda sun’iy intellekt yordamida 35 ming nafar xodim bu masala bilan shug‘ullanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » «Chegarasiz muxbirlar» Facebook’ni sudga berdi