G7 mamlakatlari eng kam korporativ soliq bo‘yicha har bir davlat uchun kamida 15 foizlik global korporativ soliqni joriy etish majburiyatini zimmasiga olishi ta’kidlanar ekan, G20 davlatlari moliya vazirlari hamda markaziy banklari rahbarlarining iyul oyidagi uchrashuvida ikki yo‘nalish bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirilgan.
Dunyoning eng boy 7 davlati, shuningdek, soliq huquqlarini adolatli taqsimlash majburiyatini zimmalariga olishgan. Bunda bozor iqtisodiyotiga o‘tgan mamlakatlar yirik va ko‘p daromad qiluvchi transmilliy korporatsiyalar uchun 10 foizlik marjadan oshuvchi daromadga kamida 20 foiz soliq solish huquqini namoyon etadi.
G7 mamlakatlari iqlim o‘zgarishlari borasida ham o‘ziga xos kelishuvga erishgan. Xususan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq moliyaviy ma’lumotlar majburiy oshkor etilishiga o‘tishni qo‘llab-quvvatlagan.
Yirik davlatlar makroiqtisodiy oqibatlarni ko‘rib chiqish va uglevodorod mahsulotlari narxini belgilashda siyosiy bosim imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar qabul qilishda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalar hamda bioxilma-xillikni yo‘qotishga doir xavotirlarni inobatga olish majburiyatini ham olishmoqda.
Bundan tashqari, dunyoning eng boy 7 davlati global iqtisodiyotni tiklash uchun zarurat bo‘lguncha siyosiy dastak berishni hamda yuqori sifatli ish o‘rinlari tashkil etish va iqlim o‘zgarishi hamda notenglik muammolarini hal etishni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Ushbu davlatlar iqtisodiyotlari ochila boshlar ekan, ular inqirozning noteng ta’sirini cheklashga doir qarorlar qabul qilishni davom ettiradi.
Bunda eng zarur bo‘lgan soha qo‘llab-quvvatlanadi. Tiklanish qat’iy iziga tushib olgach, kelgusi inqirozlarga samarali qarshi tura olish va uzoq muddatli tuzilmaviy muammolarni hal etish uchun davlat moliya tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash choralari ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi