Foto: Reuters
«Tolibon» harakati Turkiyadan NATOga a’zo boshqa mamlakatlar qatorida o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi. Bu haqda «Tolibon» vakili Suhayl Shahinning so‘zlariga asoslanib, «TASS» xabar berdi.
«Biz AQSH bilan 2020 yil 29 fevralda imzolagan kelishuvga muvofiq Turkiya NATO a’zosi sifatida Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi lozim. Turkiya musulmon davlat, Afg‘oniston u bilan tarixiy aloqalarga ega. Kelajakda mamlakatimizda yangi Islom hukumati tashkil etilgandan keyin Turkiya bilan yaqin va yaxshi munosabatda bo‘lishga umid qilamiz», — dedi «Tolibon» vakili.
NATO askarlari Afg‘onistonni tark etishi ortidan Turkiyaning Kobul aeroportini o‘z qurolli kuchlari bilan muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha bildirgan taklifiga «Tolibon» shu tarzda munosabat bildirdi.
Reuters xabariga ko‘ra, Anqara ushbu taklifni Vashingtonga NATO mudofaa vazirlarining may oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida, AQSH va uning ittifoqchilari Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish rejasini muhokama qilgan payt aytgan. Turkiyaning taklifi bo‘yicha muhokamalarni kelasi hafta NATO sammiti chog‘ida davom ettirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida AQSH prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlanganini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar mintaqada ularning oldiga qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishgan. Qurolli Kuchlarni 11 sentabrgacha to‘liq chiqarib ketish rejalashtirilgan. Amerika va NATO mamlakatlari qo‘shinlari 29 apreldan chiqib ketishni boshlagan.
AQSH sobiq rahbari Donald Tramp ma’muriyati 2020 yilning fevral oyida «Tolibon» bilan tinchlik shartnomasi imzolagan edi. Shartnoma AQSH harbiylarini 2021 yilning 1 mayiga qadar Afg‘onistondan bosqichma-bosqich olib chiqish, mahbuslarni ozod qilish va yangi hukumat tuzishni ko‘zda tutgan.
Endi «Tolibon» Baydenning qarorini avvalgi shartnoma shartlarini buzish deb hisoblamoqda va bunga nisbatan javob harakatlari amalga oshirilishini bildirgan. Ayni vaqtda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Afg‘onistondan qo‘shinlar chiqarib ketilgach, mamlakatda hokimiyat tepasiga «Tolibon» jangarilari kelishi mumkinligini istisno qilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi