Foto: «TASS»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasi ishtirokchilariga videomurojaatida ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi, xalqaro jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik va terrorizm kabi dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan omillardan xavotir bildirdi, deb yozadi «Kommersant’».
Xabarga ko‘ra, davlat rahbari, shuningdek, NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi infratuzilmalari kuchaytirilayotganini yana bir bor qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiyaning keskinlikni pasaytirish haqidagi takliflarini ko‘rib chiqishdan bosh tortmoqda.
«Mintaqaviy qurolli to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalish xavfi, transchegaraviy jinoiy guruhlar, giyohvand moddalar savdosi va kiberjinoyatchilar faolligi jiddiy tashvishga solmoqda» — dedi Putin.
Putinning ta’kidlashicha, «NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi harbiy salohiyati va infratuzilmasining tobora kuchayib borishi, shuningdek, alyansning keskinlikni pasaytirish va oldindan aytib bo‘lmaydigan xavfni kamaytirish bo‘yicha takliflarni konstruktiv ravishda ko‘rib chiqishdan bosh tortayotgani haqida voqealar Rossiyani tashvishlantirmasligi mumkin emas».
«Umid qilamizki, sog‘lom fikr va biz bilan konstruktiv munosabatlarni rivojlantirish istagi oxir-oqibat ustun keladi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Agentlik ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti mintaqaviy mojarolarning hal etilishi global xavfsizlikni ta’minlashning muhim yo‘nalishi deb biladi. «Rossiya buni faol ravishda targ‘ib qilmoqda. Harbiy yordamimiz tufayli biz Suriya hududining katta qismini xalqaro terrorchilardan ozod qildik, Suriya davlati qulashining oldini oldik. Turkiya va Eron bilan birgalikda Ostona formatidagi siyosiy va diplomatik ishlarimiz BMT homiyligida Suriyani tartibga solish jarayonini boshlashga imkon berdi», — dedi Putin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi