23:02 / 22.07.2021
2 788

Hech qaysi vaksina koronavirusdan 100 foiz himoya qilmaydi. Bu normal holat!


Foto: Reuters
Koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlanishi va yarim majburiy vaksinatsiyalar joriy etilishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda ilgari vaksinaning bir yoki ikki dozasi bilan emlangan bo‘lsa-da, COVID-19’ga chalingan va kasalxonaga yotqizilgan odamlar haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Ayrim xabarlar quruq mish-mishlardan iborat bo‘lsa, boshqalari haqiqatda kasallanish holatlari, jumladan, kasallikning og‘ir kechishini tasvirlaydi.

Bularning barchasi dahshatli ko‘rinadi va ko‘pchilik uchun go‘yoki vaksinatsiya befoydaligini isbotlaydi. Aslida, unday emas. Hech qaysi vaksina kasallikdan yuz foiz himoya qilmaydi, demak, emlanganlar ham kasal bo‘ladi — asl statistikaga ko‘ra, qancha ko‘p odam emlansa, emlangandan so‘ng ham kasallik yuqtirish holatlari shuncha ortib boraveradi. Meduza vaksina olgan moskvaliklarning qanchasi virus yuqtirishi mumkinligini hisoblab chiqdi — hisoblashda koronavirusga qarshi Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi samaradorligi asos qilib olindi.

Keling, eng sodda va eng muhim narsa — xulosalardan boshlaymiz
Yana bir bor ta’kidlash joizki, koronavirusga qarshi vaksinalar infeksiyadan yoki uning asoratlaridan yuz foiz himoya qilmaydi. Vaksinalar kasallik yuqtirish ehtimolini yoki uning og‘ir kechishini kamaytiradi.

Emlangan odamlar qancha ko‘p bo‘lsa, ular orasida kasallik yuqtirganlar ulushi shunchalik katta bo‘ladi. Buyuk Britaniyada voyaga yetgan aholining 80 foizdan ko‘prog‘i vaksina olgan, shu bilan birga emlangan odamlarning aksariyati allaqachon kasallikni yuqtirdi. Taxminan, 14 foiz aholisi ikki doza vaksina olgan Rossiyada bunday holatlar ozchilikni tashkil qiladi, ammo ular tobora ko‘proq sezilmoqda. Shulardan kelib chiqib, emlangan odamlarning COVID19’ga chalinishi shubhali tuyuladi, emlanmaganlarning kasallanishi aksincha, odatiy holga aylangan.

Vaksinatsiya qilingan odamlarning kasal bo‘lib qolish ehtimoli kutilmagan hodisa emasligining isboti sifatida Meduza sizning ijtimoiy muhitingizda ilgari emlansa ham kasal bo‘lgan (hatto kasalxonaga yotqizilgan) kishini topish imkoniyati ushbu muhit hajmiga qarab qanchalik katta bo‘lishini hisoblab chiqdi.  Hisoblash natijalari quyidagi ayrim noaniqliklarni inobatga olgan holda ushbu koeffitsiyentlarni ko‘rsatadigan grafiklar yordamida tasvirlab berildi.

Shuni esda tutish kerakki, hisoblash atay qo‘pol amalga oshirilgan, chunki biz o‘zimiz ham qo‘pol va taxminiy hisob-kitoblarning natijasi bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanishga majburmiz: Rossiyada virusning tarqalishini kuzatib borish haligacha yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan; statistikalarni e’lon qilish bilan bog‘liq vaziyat undan ham yomonroq. Shu munosabat bilan biz hisob-kitoblarimizda Moskva bilan cheklandik. Harqalay poytaxt epidemiya bo‘yicha eng to‘liq ma’lumotlarni taqdim etsa kerak. Bundan tashqari epidemiyaning uchinchi to‘lqini Rossiyaning aksariyat viloyatlari va respublikalariga qaraganda poytaxtda bir necha hafta oldin boshlangani ushbu hududni tanlashga yana bir sabab bo‘ldi.

Shuningdek, biz «muloqot doirasini» ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlar bilan chekladik, chunki ularning aniq nechta ekani ma’lum va shu tarzda kognitiv xatolardan qochish osonroq. Tasavvur qiling, do‘stlaringizning tanishi/qarindoshi kasal, siz ular bilan muloqotda bo‘lmagansiz, ammo ularning kasalligidan xabardorsiz. Bunday holda, siz «kasal do‘stlaringiz» haqida gap ketganda o‘sha odamni ham nazarda tutishingiz mumkin. Garchi siz u bilan shaxsan aloqa qilmasangiz ham.

Bu juda katta yanglishliklarni keltirib chiqaradi: bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun siz kim haqida eshitsangiz, ularning barchasini «tanishim» deb atashingiz kerak bo‘lardi — bunday odamlar bir necha baravar ko‘p. Shuning uchun, bizga qat’iyan cheklangan sondagi odamlar kerak, bunday odamlarni esa ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlar bo‘yicha topish eng qulay.
Emlangan, ammo COVID-19’ni yuqtirgan «do‘stlar»

Foto: Meduza

Foto: Meduza
Emlangan ammo COVID-19’ga chalinib kasalxonaga yotqizilgan «do‘stlar»

Foto: Meduza

Foto: Meduza
COVID-19 bilan qayta kasallangan «do‘stlar»

Foto: Meduza
Grafiklardan ko‘rinib turibdiki, hech bo‘lmaganda Moskvada to‘liq immunizatsiya qilinganidan keyin ham virus yuqtirganlar soni ularning ijtimoiy muhitida sezilmay qolmaydi. Bir yoki ikki yuz tanishining turmush tarzini biladigan odam so‘nggi bir yarim oy ichida ularning kamida bittasi, emlangan bo‘lsa-da, virus yuqtirib olgani to‘g‘risida ma’lumot olish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Ushbu imkoniyat vaksinaning faqat bitta komponenti bilan emlanganlar va sog‘ayib ketganlar uchun ancha yuqori.

Grafiklarni talqin qilishda, shuni yodda tutish kerakki, ma’lum bir mushtariyning «ijtimoiy pufakchasida»gi emlanganlarning ulushi ushbu hisob-kitobda qabul qilingan moskvaliklarning o‘rtacha ko‘rsatkichdan qanchalik farq qilishi haqida hech narsa bilmaymiz.

Agar sizning tanishlaringiz orasida emlanganlar Moskvadagi emlanganlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ko‘proq bo‘lsa (umid qilamizki shunday), bizning hisob-kitoblarimiz yetarlicha qiymat bermasligi mumkin — ushbu holatda kasallangan tanishlarning soni grafikdagi sonlarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘rtacha hisobda odamlar o‘zining kasal ekani to‘g‘risida do‘stlari va boshqalarga xabar beradimi yoki yo‘q, bizga qorong‘i, shuning uchun biz faqatgina kutilgan holatlar haqida gaplashamiz, ijtimoiy tarmoqlardan bilib olishimiz mumkin bo‘lgan holatlar haqida emas.

Yuqorida aytib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, hisob-kitoblar faqat Moskva uchun qilingan. Shuning uchun uni boshqa shaharlarda va mamlakatlarda yashovchi ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlar uchun qo‘llash umuman olganda, to‘g‘ri emas — emlanganlar va tuzalib ketganlarning ulushi va boshqa parametrlarda tafovut bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, ushbu qiymatlarning Moskvadan farqi bilan qilinadigan xato u qadar katta emas — deyarli barcha mintaqalar uchun yo‘l qo‘yiladigan xatolar Moskvaning o‘zida ushbu parametrlarning taxminiy tarqalishi bilan yuzaga keladigan xatolardan kamroq bo‘lishi kafolatlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hech qaysi vaksina koronavirusdan 100 foiz himoya qilmaydi. Bu normal holat!