Foto: Getty Images
Shahzoda Charlz va malika Diananing to‘y marosimidagi tort bo‘lagi Angliyadagi Glostershir auksioni orqali sotiladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Ta’kidlanishicha, 1981 yilning iyulida aynan ushbu tort bo‘lagi qirollik oilasi a’zosi hisoblanuvchi Moyra Smitga nasib etgan. Shirinlikda tillarang, qizil, ko‘k va kumush rangga bo‘yalgan qirollik gerbi tasvirlangan.
Smit tortni tunuka idish yordamida saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Unga «Ehtiyot bo‘lib tegining — shahzoda Charlz va malika Diananing to‘y torti» degan yozuv hamda 1981 yil 27 iyul sanasi tushirilgan.
Foto: Twitter / BBCGlos
Foto: Twitter / BBCGlos
Shuningdek, ayol yegulikni oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan plyonka bilan o‘rab qo‘ygani sabab tort yaxshi holatda saqlangan. Biroq 2008 yilda Smitning oilasi tortni xususiy kolleksionerlardan biriga sotib yuborgan.
Tortning tashqi ko‘rinishi odamning ishtahasini ochishiga qaramay, auksion tashkilotchilari uni yemaslikni maslahat beradi. Auksion 11 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Qandolatchilik mahsuloti 300—500 funt sterlingga sotilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi