18:20 / 20.08.2021
1 920

Grenlandiyada 70 yil ichida birinchi marta yomg‘ir yog‘di

Grenlandiyada 70 yil ichida birinchi marta yomg‘ir yog‘di
Grenlandiya muzliklari shiddat bilan erishda davom etmoqda.
Foto: «Pixabay»

Grenlandiya muzliklarida anomal holat kuzatildi. Havo harorati nuldan ko‘tarilishi oqibatida yomg‘ir yog‘di, doimiy kuzatuvlar boshlangan 1950 yildan beri bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lyapti, deb yozmoqda CNN.

O‘tgan dam olish kunlari Grenlandiya oroli muzliklarida harorat nuldan yuqoriladi. Bu oxirgi o‘n yillikdagi uchinchi shunday holat. Oqibatda orolning muz bilan qoplangan yuzasiga yetti mlrd. tonna suv yomg‘ir ko‘rinishida kelib tushdi.

Yo‘qotilgan muz miqdori judayam ko‘p: taxminan yillik me’yorning yetti baravarigacha.

Grenlandiya muzliklari erishi 1992 yildan 2018 yilgacha yetti baravar tezlashgan. XXI asr oxiriga borib orol muzliklari erishidan hosil bo‘lgan suv Jahon okeani sathi 7 santimetrga ko‘tarilishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Grenlandiyada 70 yil ichida birinchi marta yomg‘ir yog‘di