18:12 / 01.09.2021
2 834

AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqqandan so‘ng Bayden Amerika xalqiga murojaat qildi

AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqqandan so‘ng Bayden Amerika xalqiga murojaat qildi
31 avgust kuni AQSH Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi. AQSHning Afg‘onistondagi harbiy missiyasi qariyb 19 yil-u 11 oy davom etdi. Amerika qo‘shinlari mamlakatga 2001 yil 11 sentabrda Nyu-York va Vashingtonda teraktlar uyushtirgan «Al-Qoida» bilan kurashish uchun kelgan edi.

Bu AQSH tarixidagi eng uzoq davom etgan urush bo‘ldi. Unda 2400 dan ortiq Amerika harbiy xizmatchilari halok bo‘ldi, yana 20 mingdan ortig‘i yaralandi. Ushbu missiya AQSHga 1-2 trillion dollarga tushgan. Qo‘shinlarni olib chiqish yakunlangach, AQSH prezidenti Jo Bayden Amerika xalqiga murojaat qilib, nutq so‘zladi:

«Men prezidentlik uchun nomzodimni qo‘ygan paytimda bu urushni tugatishga va’da bergandim. Bugun va’damni bajardim. Qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi qaror faqat Afg‘onistonga tegishli emas, bu boshqa mamlakatlarni qayta qurishga qaratilgan yirik harbiy harakatlar davrining yakuni hamdir. Biz butun dunyo bo‘ylab huquq va erkinliklarni himoya qilishni diplomatik va iqtisodiy vositalar orqali davom ettiramiz.

Afg‘onistondan evakuatsiya qilish operatsiyasi – misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat. Hech bir mamlakat jahon tarixida bunaqa ish qilmagan, biz havo orqali 120 mingdan ortiq odamni olib chiqdik. Men evakuatsiyani ertaroq boshlash mumkin edi, deganlarning fikriga qo‘shilmayman. 200 ga yaqin fuqarolarimiz Afg‘onistonda qolmoqda, ularni olib chiqishning so‘nggi muddati yo‘q, biz ularni o‘zlari istagan zahoti olib ketamiz. «Tolibon» mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan barcha afg‘onlarning ketishiga ruxsat berishini aytgandi, bizda esa ushbu majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydigan kuch bor.

Men ‘Viloyat Xuroson’ni yana bir bor ogohlantiraman: hali siz bilan hisob-kitobni tugatmadik, biz sizni topamiz va siz qilmishingizga javob berasiz
».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqqandan so‘ng Bayden Amerika xalqiga murojaat qildi