08:30 / 13.09.2021
1 866

Belarus Rossiyadan 1 milliard dollardan ko‘proqqa qurol sotib oladi

Belarus Rossiyadan 1 milliard dollardan ko‘proqqa qurol sotib oladi
Foto: Viktor Tolochko / RIA Novosti
Belarus Rossiyadan 1 mlrd dollardan ko‘proqqa qurol sotib olishni rejalashtirmoqda hamda Moskva bilan respublikaga S-400 majmualari yetkazilishini muhokama qilmoqda.

Hozirda S-300 majmualari bilan Belarusning g‘arbiy yo‘nalishi to‘liq himoyalangan. Biroq bizda janubiy yo‘nalish ham qo‘shildi”, deb aytgan Lukashenko.

Belarus prezidentining ta’kidlashicha, Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tgan muzokaralar davomida mudofaa va xavfsizlik masalalariga katta e’tibor qaratildi. Uning aytishicha, Putin unga ballistik raketalarga qarshi mo‘ljallangan yangi S-500 majmualari haqida so‘zlab bergan.

Juda samarali majmua. Men unga S-400 haqida yana bir bor eslatib o‘tdim, uni qayerlarga qo‘ymoqchiligimizni aytdim. Bizga janubdan xavf vujudga kelmoqda. Biz bunga tayyorlanishimiz kerak – bizda Ukraina bilan 1200 kmlik chegara bor. Shu sababli ushbu perimetrni yopishimizga to‘g‘ri keladi. Bizga bunda S-400 juda qo‘l kelishi haqida gaplashdik”, deb ta’kidlab o‘tgan Lukashenko.

Belarus prezidenti 2025 yilgacha Minskka yetkaziladigan qurol uchun Rossiya rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan. “Bu o‘nlab samolyotlar, ulardan bir qismi yetkazib berildi, bu bir necha o‘nlab Tor-M2 vertolyotlari. Juda katta hajm. Biz va Rossiya NATO qo‘shinlari bilan to‘qnash keladigan g‘arbiy yo‘nalishni juda jiddiy qabul qilamiz. Ular (NATO) o‘zini qanday tutayotganini ko‘ryapsiz-ku. Shu sababli 1941 yildagi voqealarni hisobga olib bo‘shashmaslik lozim. O‘shanda bizni tinchlatib, ig‘vogarliklarga javob qaytarmaslik aytilgandi. Keyin esa qaqshatqich zarbaga uchragandik va deyarli butun Belarus 2-3 oy ichida boy berilgandi. Tarix ko‘p narsaga o‘rgatadi”, deb aytgan Belarus rahbari.

Uning aytishicha, Belarus va Rossiya “o‘z raketalarini qo‘shni davlatlarga qaratmagan, samolyotlari ular hududiga zarba berish uchun shaylanmagan”. “Biz o‘z yerimizni himoyalashga tayyorlanmoqdamiz. Belarus-Rossiya ittifoqiga o‘zga yerlar kerak emas. O‘zimiznikini eplasak ham katta gap”, deb o‘z so‘zlarini nihoyalagan Lukashenko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus Rossiyadan 1 milliard dollardan ko‘proqqa qurol sotib oladi