23:10 / 19.09.2021
2 655

Tolibon qizlarning maktabda o‘qishiga qarshi emas, lekin...

Tolibon qizlarning maktabda o‘qishiga qarshi emas, lekin...
Foto: «Ria.ru»
«Tolibon» harakati qizlarning maktabga borishiga qarshi emas, lekin ular hali xavfsiz muhit va xavfsiz transportni yaratmagan, deydi harakat vakili Zabiulla Mujohid.

«Biz qizlarning maktabda o‘qishiga qarshi emasmiz, lekin maktabga borishni ta’minlaydigan mexanizmlar ustida ishlayapmiz. Xavfsiz transport, xavfsiz muhitni kafolatlash kerak. Avvalgi hukumat davrida bunday bo‘lmagan. Ko‘ryapsizmi, hozir qizlar universitetlarda o‘qishni davom ettirmoqdalar. U yerdagi transport juda xavfsiz», — degan u Spiegel nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha sohalarda, jumladan, ta’lim va mehnat tazimida ayollar va qizlarga xavfsiz muhit yaratish masalasini hal qilish uchun maxsus qo‘mita tashkil etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tolibon qizlarning maktabda o‘qishiga qarshi emas, lekin...