Foto: AFP
COVID-19 koronavirusi kelib chiqqan joy Xitoyning Uhan shahridagi bozor bo‘lib, uni birinchi bo‘lib yuqtirgan odam dengiz mahsulotlari sotuvchisi hisoblanadi. Amerikalik tadqiqotchi olimlar ana shunday xulosaga keldi.
“Virus “Xuanan” bozoriga Uhanning boshqa qismidan kelmagan. Dalillar virus bozorda paydo bo‘lgani va keyin uning atrofiga tarqalganini ko‘rsatmoqda”, – dedi tadqiqot mualliflaridan biri, evolyutsion biolog Maykl Uorobi.
Tadqiqot mualliflari pandemiya e’lon qilinguniga qadar aniqlangan barcha SARS-Cov-2 holatlarining batafsil jadvalini tuzib chiqdi. Kasallik yuqtirganlarning aksariyati “Xuanan” bozorida ishlagan yoki bozor atrofida yashagan.
Biologning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot natijalari virus bozorda sotilayotgan hayvonlardan kelib chiqqanini tasdiqlamoqda.
Mutaxassislar koronavirusning kelib chiqishi borasida yakdil xulosaga kelmagan. Aksariyat olimlar COVID-19 hayvonlardan tarqalgan degan fikrda. Ayrimlar esa u laboratoriyada yaratilgan degan fikrni ilgari surmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi