Ergash Shoistamov «O‘zbekneftgaz» xoldingi tuzilmasiga kiruvchi «O‘ztransgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisligiga tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
«O‘ztransgaz"ning avvalgi rahbari Shukurullo Mahmudov esa «Markazgazta’minot» unitar korxonasi Samarqand bo‘limi direktori lavozimini egalladi.
Ergash Shoismatov (1951 yilda tavallud topgan, Toshkent politexnika instituti bitiruvchisi) turli yillarda energetika va elektrlashtirish vaziri, «O‘zbekenergo» kompaniyasi raisi (2001−2006 yillar), bosh vazir o‘rinbosari (2006−2010 yillar) — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari bo‘yicha majmuasi rahbari bo‘lgan.
2014 yil fevralidan energetika xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi raisi.
«O‘ztransgaz» kompaniyasi tabiiy gazni tashish va saqlash, shuningdek, mamlakat ichi va xorijdagi iste’molchilarga O‘zbekiston gazini etkazib beruvchi ob’ektlarni boshqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi