Dunyodagi eng yirik internet-maydonchalardan biri Alibaba asoschisi va Xitoyning eng badavlat odami Jek Ma ilk bor Rossiyaga tashrif buyuradi, deb yozadi kun.uz.
Ma 19 iyunda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan xalqaro iqtisodiy anjumanda “Axborot texnologiyalaridan ma’lumotlar texnologiyasigacha: tijorat va savdo-sotiqning yangi davri” nomli onlayn-tadbirkorlikning kelajagi haqidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, 50 yoshli Jek Maning boyligi 29,7 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Hozirda unga Alibaba kompaniyasining 8,9 foiz aksiyasi tegishli bo‘lib, Ma o‘tgan yili Alibaba Group aksiyalari sotuvga chiqarilgandan keyin milliarderga aylandi. Aksiyalarning sotuvga qo‘yilishi jalb qilingan sarmoyalar miqdori bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni qayd etdi – kompaniya 25 mlrd dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. 2015 yil 3 iyunga kelib Alibaba Group'ning kapitalizasiyasi miqdori 225,87 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Kompaniyaning 2014 yildagi tushumi 52,5 mlrd dollarni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi