SAVOL:
Qassobga ish haqi qanday beriladi? Qurbonlik go‘shtidan yoki terisini ish haqi qilib berish joizmi?
JAVOB:
Qurbonlikning go‘shtidan yoki terisidan yoki unga tegishli biror-bir a’zosini qurbonlikni so‘ygan qassobga xizmat haqi sifatida berish mumkin emas. Chunki Payg‘ambarimiz alayhisalom hazrati Aliy raziyallohu anhuni bunday qilishdan qaytarganlar:
“Qurbonlik uchun so‘yilgan jonliqdan qassobning haqqini bermang” (Imom Buxoriy rivoyati).
Shuni ham ta’kidlash kerakki, qurbonlik qiluvchi qassobning haqini o‘z hisobidan berib bo‘lgandan keyin, qassobga ehson sifatida qurbonlikning go‘shti, yog‘i, terisi kabi narsalaridan berishi joiz. Bunda qassobga xizmat haqidan tashqari hadya berilayotgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring