date

ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi

ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi

Yangi yil arafasida ANORBANK Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini qoʻllab-quvvatlab, bolalarga 150 ta sovgʻa hamda kanselyariya toʻplamlarini topshirdi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Aksiya bolalarga e’tibor va gʻamxoʻrlikni his etishga, bayram oldidan esa koʻtarinki kayfiyat yaratishga xizmat qildi. Bank vakillari internatga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchilar va pedagoglar bilan suhbatlashdi, yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, sovgʻalarni ulashdi. Koʻplab bolalar uchun bu nafaqat moddiy yordam, balki muhim ruhiy koʻmak ham boʻldi.

“Biznes jamiyatga real foyda keltirishi mumkinligiga ishonamiz. ANORBANK uchun tashabbuslarimiz jamiyatni qoʻllab-quvvatlashi, ta’lim va ekologiyaga hissa qoʻshishi, rivojlanish va oʻsish uchun sharoit yaratishi muhim”, — deya ta’kidladi bank vakillari.

168-son maktab-internati uchun oʻtkazilgan xayriya tadbiri ANORBANKning izchil CSR-strategiyasi doirasidagi navbatdagi loyiha bo‘lib, bank ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yo‘nalishlarida muntazam tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

ANORBANK Oʻzbekiston hududlarida jamiyat taraqqiyotiga qaratilgan loyihalarni bundan buyon ham davom ettirishini bildirdi.

Telefon: 1290. Sayt: anorbank.uz Facebook: fb.com/anorbank Instagram: @anorbank Telegram: t.me/anorbank. Reklama huquqi asosida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi