19:32 / 23.12.2018
4 813

Ko‘p yolg‘on gapiradiganlar ko‘proq kasal bo‘lishi aniqlandi

Ko‘p yolg‘on gapiradiganlar ko‘proq kasal bo‘lishi aniqlandi
Dunyo olimlari yaqinda maxsus tadqiqot o‘tkazib, yolg‘on va haqiqatning ijobiy, salbiy jihatlarini aniqlashga urinib ko‘rishdi. Buning uchun yuzdan ziyod ko‘ngillilarni ikki guruhga bo‘lib, biriga 10 hafta davomida faqat rost gapirishni tayinlashdi. Ikkinchi guruhga esa hech qanday vazifa yuklashmadi. Oradan 10 hafta o‘tgach, ikkala guruhni test va kompyuter poligrafiyasi sinovlaridan o‘tkazishdi.

Ma’lum bo‘ldiki, 10 hafta davomida faqat rost gapirganlar jisman va ruhan o‘zlarini juda yaxshi his eta boshlashgan. Ikkinchi guruhdagilar esa yolg‘ondan unumli foydalangan. Shunga yarasha salomatliklariga sezilarli darajada putur yetgani ma’lum bo‘ldi. Ular asosan bosh, tomoq og‘rig‘i, stress holatlaridan bezovta bo‘lishgan.

Shundan kelib chiqib olimlar iloji boricha kundalik hayotda yolg‘on ishlatmaslikni barchaga maslahat berishmoqda. Shunda salomatligimiz ham a’lo darajada bo‘lishiga kafolat bor ekan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘p yolg‘on gapiradiganlar ko‘proq kasal bo‘lishi aniqlandi