QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
UMUMIY TA’RIF
2019 yil — To‘ng‘iz yilida tug‘ilgan qo‘y burji vakillari ko‘plab yoqimli lahzalarga egalik qiladi. Birinchi navbatda daromadingiz mo‘l bo‘ladi. Ayrimlar yil boshida qiziqarli sayohatga chiqishlari kutiladi. Atrofdagilarga yanada e’tiborliroq munosabat yurita boshlaysiz. Muhabbatda rashkni jilovga soling. U sizga yaxshilik keltirmaydi.
Yil avvalida sal nafar rostlagan holda dam olishingiz mumkin bo‘ladi. Yil davomida esa tajriba to‘plashingiz kerak. Tadbirkorlarni bir nechta yirik loyiha va shartnomalarni imzolash amallari kutib qoladi.
MUHABBATI
To‘ng‘iz yilida muhabbat qo‘y burji ostida tug‘ilganlarni ham chetlab o‘tmoqchi emas. Kimdir bir qarashda kimnidir sevib qoladi. Kimdir tanlaganini tezroq ZAGS ga olib borish payida bo‘ladi. Bu yaxshi. Biroq tafakkurga quloq tutgan holda ish tutsangiz, yana yaxshi.
2019 yili tashqarida qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan ishqiy sarguzashtlarga berilishdan tiyiling. Aks holda sharmandalikka yuz tutganingiz uyoqda qolib, sog‘lig‘ingizga ham putur yetishi hech gap emas.
OILASI
2019 yili oilaviy hayotingizda ko‘plab tashvishli lahzalar paydo bo‘lishi kutiladi. Yil davomida ularni ketma-ket bartaraf etishingizga to‘g‘ri keladi. Asosiysi, erinchoqlikka yo‘l bermang. Oilaning har bir a’zosi o‘z majburiyatini ado etsa, tashvishga o‘rin qolmaydi.
Farzandli bo‘lishni orzulaganlar ham 2019 yili bu ezgu niyatiga yetadi. Oilalilar tashqarida qarama-qarshi jins vakil yoki vakilalari bilan ishqiy sarguzashtlar tashkil etishdan saqlansinlar. Arazlashgan qarindoshlar bo‘lsa, ularni tabiat qo‘yniga dam olish uchun taklif eting. Shu taklif yarashish uchun jiddiy sabab bo‘ladi.
Yilning ikkinchi bosqichida ko‘pchilik do‘stlarimiz yangi uyga ko‘chib o‘tishlari, ayrimlar yashab turgan uyini kapital ta’mirdan chiqarishga bel bog‘lashi kutilmoqda.
MOLIYaVIY AHVOLI
2019 yili qo‘y burjida tug‘ilganlar uchun pul topish oson kechmaydi. Faqat mehnat va mehnat talab etiladi. Agar ustiga ustak xudoning bergan kuni xaridlarni amalga oshirsangiz, pulning o‘zi qolmaydi. Shuning uchun pul ishlatishda tejamkor bo‘ling. Pul tiksa daromad keladigan joylar chiqsa, darhol harakatingizni qiling.
Tijorat bilan shug‘ullanadiganlar, tadbirkorlar uchun to‘ng‘iz yili serdaromad keladi. Bu yo‘lda raqobatchilar ham sizga to‘sqinlik qila olmaydi. Tadbirkorlar yil boshidayoq xodim saralashda juda sergak turishlari lozim.
SALOMATLIGI
To‘ng‘iz yilida asosan sport bilan shug‘ullanishga e’tibor qarating. O‘zingizda bor kuchni behudaga sarflashdan tiyiling. Shamollash, grippga yo‘liqsangiz, o‘z vaqtida davolaning. Aks holda xastalik surunkaliga o‘tib ketishi hech gap emas. 2019 yil boshidayoq zararli odatlardan qutulish payida bo‘ling.
Ayrimlar yil davomida umurtqa pog‘onasi, bo‘g‘imlar og‘rishidan bezovta bo‘lishi mumkin. Sport bilan shug‘ullanishda me’yorni biling. Ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qiling.
TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR
To‘ng‘iz yilida rossiyalik xonanda Sergey Lazarev, gollandiyalik rassom Antonis van Deyk (Antoon van Dyck), germaniyalik siyosiy arbob Otto fon Bismark (Otto von Bismarck), kanadalik avtopoygachi Jak Vilnyov (Jacques Villeneuve), rossiyalik xokkeychi Pavel Bure, Ilya Kovalchuk, angliyalik qo‘shiqchi Elton Jon (Elton John) lar dunyoga kelgan.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
UMUMIY TA’RIF
2019 yil siz uchun birinchi navbatda quvonchli boshlanadi. Zerikishga, xafa bo‘lishga vaqt topa olmay qolasiz. Yil davomida ko‘proq sayohat qiling, do‘stlar bilan suhbatlashing. Imkon bo‘lsa, yangi do‘stlar orttirishga harakat qiling. Yil davomida oila a’zolaringiz bilan birga bo‘lishga juda kam vaqt topasiz. Bunga ishlaringiz ko‘pligi ko‘pincha sabab bo‘ladi.
Oila qurmaganlarning aksariyati 2019 yili o‘z baxtini uchratadi. Oilalilar esa bolalar aravachasi sotib olishga shoshilishlari kerak. Aksar oilalarda yangi mehmon dunyoga kelishi mumkin. Ushbu baxtli hodisa asosan yil oxirida sodir bo‘ladi.
Bu yili ruhan tushkunlikka deyarli tushmasligingiz kutiladi. Tadbirkorlarning oshig‘i olchi bo‘ladi. Tadbirkor bo‘lmaganlarga badavlat tanishlar pul masalasida yordam qo‘lini cho‘zishi ham ehtimoldan xoli emas.
MUHABBATI
Hali oila qurmagan bo‘lsangiz, bunday hayot tarzini bas qiling va oila qurish harakatiga tushing. 2019 yili bu ishda albatta muvaffaqiyat qozonasiz. Lekin hali tanlagani yo‘qlar kim bilandir tanishib uchrasha boshlashsa, asosiy maqsadga o‘tishga shoshilmasinlar.
Oilalilar jufti bilan o‘zaro munosabatlarda ijobiy o‘zgarishlar yasashi zarur. Yil davomida goh pul, goh ro‘zg‘ordagi katta-kichik muammolar tufayli sen-menga borishingiz mumkin. Yon bersangiz, bu muammolarning umri qisqa bo‘ladi.
OILASI
Oilaviy hayotingizda to‘ng‘iz yilida tantanali tadbirlarni kamroq o‘tkazishga harakat qiling. Yaqinlaringizga har daqiqada mehr-oqibat ko‘rsating. Ular uchun iloji bo‘lsa kutilmagan sovg‘alar hadya etishni kanda qilmang. Ularni sevishingizni ko‘p va xo‘b ayting. Qolganini esa to‘ng‘iz yilining o‘ziga qo‘yib beravering. U sizni va yaqinlaringizni balo-kasofatlardan asraydi inshoolloh.
Hashamat ortidan quvmang. Yil davomida madaniy hordiq masalasiga alohida vaqt ajrating. Dekabr oyi oxirida ko‘pchilik do‘stlarimiz oilaviy sayohatga otlansalar muvaffaqiyat ham, omad ham ular tomonda bo‘ladi.
MOLIYaVIY AHVOLI
To‘ng‘iz yilida moddiy ahvolingiz havas qilsa arzigulik ko‘rinishda bo‘ladi. Asosiysi, pularingizni tiyin-tiyinigacha halol peshona ter evaziga topasiz. Yil boshidayoq bir nechta plastik kartochkalarni taxt qilib qo‘yavering. Negaki, 2019 yil bo‘yi topadigan pullaringiz katmonlarga sig‘maydi.
Tadbirkor bo‘lsangiz, muhim hujjatlarga imzo qo‘yish jarayonlarida doimo sergak turing. Raqobatchilarning sizga qarshi uyushtiradigan o‘yinlari ko‘p bo‘ladi. Chuv tushib qolmang.
SALOMATLIGI
To‘g‘ri, siz taom mazali bo‘lsa, keragidan ko‘p yeyishni xush ko‘rasiz. Ammo to‘ng‘iz yili rejimga amal qilishingizni istaydi. Aks holda salomatligingizga putur yetishi turgan gap. Yil davomida vitaminlarga boy mevalarni ko‘proq iste’mol qiling. Sabzavot, bo‘tqa, sut mahsulotlaridan pulni ayamang. Grippdan saqlaning.
2019 yil birinchi yarmida yo‘talishdan bezor bo‘lishingiz kutiladi. Shunday ekan, zararli odatlarni tashlab, sport bilan shug‘ullaning.
Sizga velosiped sayri, tennis, futbol, chang‘ida uchish juda katta foyda beradi. Juda bo‘lmasa, basseynga borib cho‘milish mashqlarini bajaring.
TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR
To‘ng‘iz yilida rus shoiri Igor Severyanin, ozarbayjonlik siyosiy arbob Geydar Aliyev, gimnastikachi hamda siyosiy arbob Alina Kabayeva, aktrisa Valeriya Kudryavseva, yozuvchi va shoir Vladimir Nabokovlar dunyoga kelgan.
Manba: "Hordiq" “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”