date

Endi jarimalarning 50 foizi to'lansa, qolgan qismi bekor qilinadi

Endi jarimalarning 50 foizi to'lansa, qolgan qismi bekor qilinadi

Prezident qaroriga muvofiq, tadbirkorlar uchun moliyaviy jarimalarni to‘lash tartibi soddalashtirildi hamda yengillashtirildi.

Unga ko‘ra, jarima qo‘llangan kundan boshlab 1 oy ichida uning 50 foizi ixtiyoriy ravishda to‘lab berilsa, qolgan qismi undirilmaydi.

Shuningdek, jarimani 6 oy davomida teng bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham joriy etilmoqda. Bu tadbirkorlar uchun moliyaviy yukni kamaytirishga xizmat qiladi.

Agar sud qarori bilan jarima bekor qilinsa yoki asossiz deb topilsa, to‘langan mablag‘lar 15 kun ichida qaytarib beriladi. Belgilangan muddatda qaytarilmagan summaga Markaziy bank stavkasi asosida foiz hisoblanishi ham belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Endi jarimalarning 50 foizi to'lansa, qolgan qismi bekor qilinadi

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari