10:16 / 24.02.2019
6 913

Bolangiz aqlli bo‘lishini istaysizmi?

Bolangiz aqlli bo‘lishini istaysizmi?
Agar farzandingiz maktabda yomon o‘qisa, har doim ham muammo uning intellektual qobiliyatida bo‘lavermaydi. Balki bolangizning miya faoliyati uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar yetishmayotgan yoki to‘g‘ri ovqatlanmayotgandir? Ulg‘ayib borayotgan bolaning miyasi – organizmga tushadigan ovqatning juda katta miqdordagi oziq moddalarini o‘zlashtiradigan anchayin “ochko‘z” organ hisoblanadi. Bolaning normal rivojlanishi uchun uni to‘g‘ri ovqatlantirish zarur. Quyida bolalarning miya faoliyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi o‘nta mahsulot bilan tanish imkoniga egasiz.

1. Losos. Ushbu yog‘li dengiz balig‘ining tarkibida miya faoliyati uchun foydali bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotasi mavjud. Uni iste’mol qilish miyaning kognitiv faoliyatini yaxshilaydi. Farzandingizga qovurilgan yoki dimlab pishirilgan baliqni sabzavotlar bilan (bodring, pomidor yoki salat barglari qo‘shib) buterbrod ko‘rinishida berishingiz mumkin.

2. Tuxum. Tuxum sarig‘i tarkibida xotirani yaxshilaydigan xolin elementi mavjud. O‘quvchiga tushlikka qovurilgan tuxum yoki non orasiga omlet qilib berish mumkin.

3. Yeryong‘oq yog‘i. Yeryong‘oq miyadagi asab membranalarini himoya qiluvchi antioksidant - Ye vitaminining manbai hisoblanadi. Tuzlanmagan yer yong‘oqni istalgan salatga qo‘shish mumkin, yer yong‘oq yog‘ini esa nonga surib yeyish juda mazali.

4. Tozalanmagan don. Inson miyasi normal faoliyat yuritishi uchun muayyan miqdorda glyukozani talab qiladi. Tozalanmagan donda glyukoza ham, biriktiruvchi to‘qimalar ham (qonga qancha miqdorda glyukoza tushishini boshqaruvchi) mavjud, shuningdek uning tarkibida asab tizimini oziqlantiruvchi V guruhi vitaminlari bor. O‘zingiz va farzandlaringizga oqartirilmagan undan tayyorlangan non mahsulotlarini xarid qiling yoki nonni o‘zingiz yoping.

5. Suli yormasi. Suli – bu bola uchun eng yaxshi nonushtadir, chunki uning tarkibida Ye, V vitaminlari, potassium va ruh moddalari mavjud. Ushbu elementlar va vitaminlar farzandingizga o‘zining intellektual salohiyatini to‘la namoyon etishiga yordam beradi. Sulini unga qo‘shib piroglar, oladyalar, sirniklar tayyorlash yoki uni shunchaki quruq tovada yong‘oq bilan qovurib shirin bo‘lmagan yogurt yoki sut bilan birga iste’mol qilish mumkin. Agar ertalab sabzavotli va mevali sharbatlarni tayyorlashni odat qilgan bo‘lsangiz, sharbatga ozroq xom suli yormasidan qo‘shing.

6. Mayda mevalar. Qulupnay, chernika, olcha, malina, maymunjon va boshqalar saraton kasalligining oldini oluvchi antioksidantlarga ega. Tadqiqotlar qulupnay bilan chernikaning xotirani yaxshilashini, malina, qulupnay, maymunjon va yertutining urug‘lari omega-3 kislotasiga boyligi ko‘rsatdi. Yangi uzilgan mevalarni salatlarga, sabzavotli taomlarga, myusliga qo‘shish yoki shunchaki iste’mol qilish mumkin.

7. Dukkaklilar. Loviya, no‘xat, nut, yasmiq doni tarkibida protein, murakkab uglevodlar (qondagi qand moddasi miqdori unchalik oshirmaydigan), biriktiruvchi to‘qimalar, vitaminlar va minerallar ko‘p bo‘lgani bois, ular juda foydali. Dukkaklilarni har qanday tomatli qayla bilan garnir yoki salatga qo‘shimcha sifatida iste’mol qilish mumkin.

8. Rangli sabzavotlar. Pomidor, brokkoli, baqlajon, qovoq, sabzi, ismaloq, bulg‘or qalampiri, makkajo‘xori – yorqin ranglardagi ushbu sabzavotlar tarkibida shikastlangan to‘qimalarni tiklovchi ko‘p miqdorda antioksidantlar bor. Bolalarga yangi uzilgan sabzavotlarni kesib bering yoki makaronga sabzavotlardan qayla tayyorlab bering.

9. Sut va yogurt. Sut mahsulotlari protein va V guruhi vitaminlariga juda boy. Ushbu moddalar miya to‘qimasining o‘sishi, neyrotransmitterlar va enzimlar hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Bolalarga nonushtaga shirin bo‘lmagan yogurt, yog‘siz smetana, sut, ryajenka va yog‘siz qatiq xarid qiling.

10. Yog‘siz mol go‘shti. Yog‘siz go‘sht – temir va ruh moddasining manbai hisoblanib, u miyaning kognitiv faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Yog‘siz go‘shtni S vitaminiga boy ozuqa (pomidor, bulg‘or qalampiri, apelsinlar, qulupnay) bilan birga iste’mol qilish organizmning temir moddasini yaxshi hazm qilishiga ko‘maklashadi.

Bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirishni mayda-chuydasigacha ishlab chiqish mumkin. Ammo bolalar ovqat yeyishda injiqroq bo‘lishadi.

Fantaziyangizni ishga solib, taom tayyorlashga ijodiy yondashing. Agar bola foydali, ammo zerikarli ovqatni yeyishdan bosh tortsa, uni quvnoq va chiroyli qilish kerak bo‘ladi. Yeguliklardan ertak va multfilm qahramonlarini yasashaga harakat qiling. Bolaning taomnomasi uning uchun qiziqarli bo‘lsa, maqsadga erishish osonroq bo‘ladi.
FARZONA tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bolangiz aqlli bo‘lishini istaysizmi?